Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘tgan yili Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda svet o‘chmasligi uchun ajratilgan 423 million dollar qayerda?” — Energetika vazirligidan munosabat
18.11.2022 11:06,  
293

Ushbu xabarlarga javoban Energetika vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Jahon bankidan kredit mablag‘lari 2022-2026-yillar davomida jalb qilinadi. Hozirgi paytda kredit mablag‘i jalb qilinmagan.

Jahon banki ko‘magida “Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi) tomonidan 380 million AQSh dollari, Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan esa 43 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha 2022-2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Ushbu moliyalashtirish O‘zbekiston hukumatiga eng past foiz stavkalari bo‘yicha va maksimal muddati 40 yilgacha taqdim etiladi.

Loyiha doirasida respublika bo‘ylab 22 ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstansiya rekonstruksiya qilinadi. Buning natijasida magistral tarmoqlarning quvvat o‘tkazish imkoni 1036 MVtga ortadi.

Shuningdek, 2022-2026-yillar davomida 1602 MVt quvvatga ega bo‘lgan yangi 500 kVli raqamli podstansiya va 285 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi.

Ushbu loyihaning muhim strategik tarkibiy qismi SCADA va EMS tizimini amalga oshirish hisoblanadi va bu energiya tizimida dispetcherlik va monitoring qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJni kelajakda transformatsiya qilish uchun  Enterprise Recourse Planning (ERP) tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Hozirda ushbu loyihalarni “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchilarni aniqlash uchun Jahon banki talablariga muvofiq Xalqaro tender savdolarini o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda respublika bo‘ylab SCADA tizimini joriy qilish va 500 kVli “Xalqa” podstansiyasini qurish bo‘yicha Xalqaro tender savdolari e’lon qilingan hamda Sirdaryo va Toshkent viloyatlarini bog‘lovchi yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i uchun tender takliflari baholash hisoboti Jahon banki bilan kelishilmoqda.

Magistral tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya qilish loyihasining 2-fazasi uchun tender savdolari joriy yilning dekabr oyidan boshlab bosqichma-bosqich e’lon qilib boriladi.

Bosh pudratchilar aniqlanganidan so‘ng, Jahon bankining kredit mablag‘laridan foydalanish boshlanadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilangan bayonotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан