Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTM bitiruvchilari kontrakt to‘lamasa, yakuniy imtihonga kiritilmaydimi?
5.05.2020 22:57,  
340

AOKA shtabiga oliy ta’lim tizimiga oid kelib tushayotgan savollarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashev javob berdi

— OTM bitiruvchi kurs talabalariga kontrakt pullarini to‘lash kerak demoqda. Agar to‘lanmasa, talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi va unga bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilmaydi deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi? 
 
— Karantin davrida o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt pullarini to‘liq to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi. Bu bitiruvchi kurs talabalariga ham taalluqli. Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kontarkt to‘lovi muddatini mustaqil uzaytirish vakolatiga ega. To‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin. Lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан