Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oyoq kiyimi ichiga xorijiy valyuta yashirgan shaxs ushlandi
4.03.2021 21:53,  
339

Davlat Bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, «Toshkent xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti inspektorlari tomonidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.O‘. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Ko‘rik natijasida fuqaro tomonidan yozma deklaratsiyalangan 6640 AQSh dollaridan tashqari, uning yuklarida jismoniy shaxslar tomonidan yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan, ammo krossovka va choy paketi ichiga joylangan hamda shu tarzda bojxona nazoratidan yashirilgan 21 970 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан