Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zA faoliyati takomillashtiriladi: axborot xurujlariga qarshi kurash, maqomi vazirga tenglashtirgan bosh direktor va boshqa ko‘plab imtiyozlar
3.12.2019 09:52,  
173

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori imzolandi.

Unga muvofiq, O‘zAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma’lumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash va tarqatish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va ma’ruzalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid axborotlarni muntazam yoritib borish;

respublikaning ichki va tashqi siyosatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar va yangilanishlarni tezkor yoritish;

jamoatchilikning katta qiziqishini uyg‘otayotgan voqealarning mohiyati bo‘yicha fuqarolarda xolis fikrni shakllantirish hamda ma’lumotlardan buzg‘unchi va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini bartaraf etish uchun aholini bunday hodisalar haqida o‘z vaqtida xabardor qilib borish;

axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirishda davlat organlari va ularning axborot xizmatlari bilan uzviy hamkorlik qilish va ulardan tizimli ravishda statistik, tahliliy va boshqa turdagi ma’lumotlarni olish;

boshqa ommaviy axborot vositalari, jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi uchun yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy va madaniy rivojlanishiga oid ma’lumotlar (axborot, foto va video materiallar) bazasini shakllantirish;

yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni dunyoga keng tarqatish, jahonda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida mamlakatimiz aholisiga tezkor axborot yetkazib berish, xorijdagi axborot agentliklari va boshqa ommaviy axborot vositalari, media-tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zA va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar bo‘yicha fuqarolarda xolis fikrni shakllantirish, ularga axborot-tahliliy, shu jumladan, audio va video axborotlar yetkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zA tarkibida Media markaz tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Screenshot

Quyidagilar Media markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlash, audio va video materiallarni qayta ishlash, ularni O‘zAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berish;

axborotni qayta ishlash va tarqatishning zamonaviy usullaridan, jumladan, infografika, moushn-grafika, ijtimoiy rolik, 360 formatidagi video va boshqalardan keng foydalanish;

davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

O‘zA huzurida uning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha Maslahat kengashi tuzildi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xodimlarining umumiy cheklangan soni 155 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining soni 13 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston axborot agentligi (keyingi o‘rinlarda – Qoraqalpog‘iston axborot agentligi) xodimlarining umumiy cheklangan soni 13 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlarining soni 2 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

O‘zA tomonidan 2022 yil 31 dekabrga qadar chetdan olib kelinganda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladigan texnika vositalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

O‘zA bosh direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
O‘zA bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari esa tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zA bosh direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Quyidagilar O‘zA va Qoraqalpog‘iston axborot agentligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

O‘zA va Qoraqalpog‘iston axborot agentligining byudjetdan tashqari mablag‘lari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

2020 yil 1 mayga qadar muddatda foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo‘li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan O‘zAning axborot portalini ishga tushiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakatiga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonining borishi haqidagi tadqiqot materiallarini e’lon qilib borish uchun O‘zAga doimiy ravishda taqdim qilib borish tavsiya etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zAga jahondagi yetakchi axborot agentliklari va xalqaro axborot agentliklari uyushmalari bilan axborot almashish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан