Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek baxshichilik san’ati YuNESKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
11.09.2020 18:57,  
77

8-10 sentyabr kunlari O‘zbekistonning doimiy vakolatxonasi Parijdagi UNESCO shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasiga (2013 y.) a’zo davlatlar Bosh assambleyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mita (NMMMHQ) a’zoligiga O‘zbekiston nomzodini ilgari surish doirasida 2022-2026 yillarda O‘zbekistonning mamlakatdagi boy nomoddiy madaniy merosni saqlash va ko‘paytirishiga doir sa’y-harakatlari taqdimoti o‘tkazildi.

UNESCO shafeligida nomoddiy madaniy merosni ommalashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar (“Sharq taronalari”, “Maqom” va “Baxshi” musiqiy festivallari)ning o‘tkazilishida doimiy ko‘mak uchun - UNESCO kotibiyatiga, shuningdek O‘zbekiston elementlarini, jumladan 2019 yilda Xorazm lazgisini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritishga doir sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun NMMMHQga minnatdorchilik bildirildi.

O‘zbekiston tomondan baxshilik san’atining UNESCO Reprezentativ ro‘yxatiga qo‘shilishida tashkilotga a’zo davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekistonning 2003 yildagi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish konvensiyasini bajarishga qat’iy sodiqligi tasdiqlandi. Shuningdek, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib qilish sohasida, shu jumladan mamlakatning salohiyatini mustahkamlash dasturlari va ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda hamda ushbu sektorga innovatsion texnologiyalarni joriy etishda UNESCO bilan hamkorlikni kengaytirishga Respublika tomonidan qiziqish bildirildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан