Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek milliy musiqa san’at instituti tashkil etildi
27.05.2020 14:10,  
267

“Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–6000-son, 26.05.2020 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

• maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy maktabi muassasasi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’at instituti;

• davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;

• Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san’at kolleji tashkil etildi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etildi.

V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uchun belgilangan imtiyozlarni tatbiq etgan holda tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан