Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek olimlari yangi rezonans zarrachani kashf qilishdi
11.03.2022 14:57,  
166

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Behzod Yuldashev ilmiy rahbarligidagi o‘zbek fizik-olimlar guruhi jahonda ilk bor yangi elementar zarracha mavjudligini eksperimental tarzda ko‘rsatishdi.

Bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining karbon yadrolari bilan to‘qnashuvlarining tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha topildi.

Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2 ga teng bo‘lib, uning yashash davri kuchli o‘zaro ta’sir vaqtiga qaraganda nisbatan katta bo‘lishi ko‘rsatildi (yangi rezonans zarrachaning kengligi 4 MeV/c2 dan oshmaydi).    

Kuzatilgan rezonans strukturaning fon taqsimotidan eksperimental oshishi 122 ± 20 hodisani yoki 4.5 standart xatolikni (sigmani) tashkil etdi.

Mualliflar yangi zarracha kuzatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy to‘qnashuvlarga oid boshqa eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан