Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek yigiti va nigeriyalik qizning qo‘shtirnoq ichidagi soxta turmushi
25.12.2020 15:38,  
1881

Toshkentda o‘zbekistonlik xonanda ikki nafar nigeriyalik fuqaroni pul va ovqat bermasdan, kaltaklab kelgani aytilgan murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan ma’lumot berildi.


Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek yigiti va nigeriyalik qizning turmush qurishi borasidagi videolar internetda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Mashhurlik qozonish uchun soxta shov-shuv ko‘targan guruh a’zolari o‘rtasida ko‘p o‘tmay o‘zaro nizolar paydo bo‘la boshlagan.

Aniqlanishicha, Nigeriya fuqarolari o‘zlarining pasportlarini guruh rahbari — Siroj O‘zanov tomonidan olib qo‘yilganligi va ularga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilgani yuzasidan 2020 yil 21 noyabr kuni Prezident veb-saytiga va Xavfsiz turizm bosh boshqarmasi rahbariyatiga murojaat bilan chiqqan. Ushbu murojaatni ko‘rib chiqish Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi (IIBB XTTB)ga yuklatilgan.

Shu bilan birga Mirolim ismli bloger o‘zining YouTube kanalida «Afrikaliklarni aldab ketgan firibgar» nomi bilan videorolik tarqatgan. Bloger o‘zining videosida har ikki tarafga ham ishonmasligini, faqatgina xorijiy davlat fuqarolarining pasportini olib berish maqsadi bo‘lganini bildirgan. Suhbat davomida nigeriyaliklar pul va ovqat bermasdan, uy ishlarini qilishga majburlaganini hamda kaltaklaganini aytib o‘tgan.


Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB XTTB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida «Siroj Bum» taxallusi bilan faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shiqchi 2019 yilning oktyabr va 2020 yilning fevral oylarida Nigeriya davlatining ikki nafar fuqarosini O‘zbekistonda shou-biznesini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahriga olib kelganligi ma’lum bo‘lgan.

«Nigeriya davlatida biz ular bilan yozma ravishda 5 yillik shartnoma qilganmiz. Shartnomada ular bilan O‘zbekistonga kelib 1 yil test tariqasida bepul ishlab berishga kelishganmiz. Shundan so‘ng men ularga har oyiga 300 dollardan, ikkinchi yil 400 dollardan va 3, 4, 5 yildan so‘ng 500 dollardan berishga kelishganman. Men ularni bu yerga biznes uchun olib kelganman», — deydi guruh rahbari Siroj O‘zanov.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan olib borilgan tekshiruv davomida ikkala tomonning ko‘rsatmalari tinglangan va yakuniy qaror qabul qilingan. Holat yuzasidan so‘ralgan guvohlarning ko‘rsatmalari, o‘tkazilgan sud-tibbiyot xulosalari, shuningdek, O‘zanovlarning uyida o‘rnatilgan videokuzatuv yozuvlaridan kelib chiqib, fuqaro Murod va Siroj O‘zanovlarning harakatlarida Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Zo‘rlash), 135-moddasi (Odam savdosi) va 227-moddasi (Hujjatlarni noqonuniy ravishda egallash) kabi jinonoyatlarni tasdiqlovchi alomatlar mavjud bo‘lmaganligi uchun jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shu bilan bir qatorda, nigeriyalik fuqarolarga pasportlari tegishli tartibda qaytarib berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан