Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






⚡️O‘zbekiston 2030 yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishamiz – Prezident
24.03.2022 11:57,  
74

"Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlarimiz natijasida keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotimizni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.

Dunyodagi bugungi murakkab vaziyatda ham O‘zbekiston yashash va ishlash uchun tinch va xavfsiz makon sifatida tanilganini hech kim inkor qila olmaydi.

Biz investorlar uchun eng qulay va jozibador sharoitlarni yaratish bo‘yicha harakatlarimizni yanada jadallashtiramiz.

"Bugun ushbu zalda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti komandasi a’zolari – vazirlar, idoralar va mahalliy hokimliklar rahbarlari ham qatnashmoqda.

Forum doirasida sizlarning e’tiboringizga O‘zbekistonda o‘z biznesingizni samarali yuritishingiz uchun mavjud sharoitlar va yangi istiqbollar to‘g‘risida keng ma’lumot beradigan 30 dan ziyod tadbirlar bilan bir qatorda 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari ham havola etiladi"

"Biznes va tadbirkorlik, xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun beqiyos imkoniyatlar ochilayotgan mana shunday sharoitda sizlarni qadimiy sivilizatsiya va madaniyat maskani bo‘lgan, bugungi kunda yangilanish va islohotlar yo‘lidan dadil borayotgan Yangi O‘zbekiston bilan amaliy hamkorlik o‘rnatishga taklif qilaman.

Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlash O‘zbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан