Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bojxona xodimlari karantinda qanday ishlamoqda? (fotoreportaj)
26.03.2020 12:04,  
234

Bugungi davr barchamizdan pandemiyaga qarshi murosasiz kurashni taqozo etmoqda. Kimdir xizmatda, kimdir uyida qolib, bu kurashda o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. Davlat bojxona xizmati xodimlarining karantin paytidagi ish faoliyatlariga nazar tashladik.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi "G‘ishtko‘prik" chegara-bojxona posti xodimlari xizmat jarayonini davom ettirishmoqda.

 

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari maxsus himoya kiyimlarida xizmatni davom ettirishmoqda.

 

Toshkent halqaro aeroporti bojxonachilari uchish-qo‘nish maydonining o‘zidayoq ko‘chma nazorat-rentgen uskunasi orqali bojxona nazoratini amalga oshirish jarayoni.

 

Koronavirusga doir cheklovlar tashqi savdo operatsiyalarining uzluksiz amalga oshirilishiga ta’sir etmaydi. Bojxona xodimi tovarlarning bojxona ko‘rigini amalga oshirmoqda (Navoiy viloyati).

 

Bojxona xodimlari yuk avtotransport vositalarining bojxona ko‘rigini amalga oshirishmoqda (Surxondaryo viloyati).

 

Koronavirusga doir cheklovlar tashqi savdo operatsiyalarining uzluksiz amalga oshirilishiga ta’sir etmaydi. Bojxona xodimi tovarlarning bojxona ko‘rigini amalga oshirmoqda (Buxoro viloyati).

 

Bojxona xodimlari tovarlarning importini rasmiylashtirmoqda. 

 

Andijon viloyatida ham eksport-import jarayonlari jadal davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан