Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Bosh prokurori: «Oxirgi haftada 28 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi»
29.11.2019 16:46,  
8125

Kecha, 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan ta’minlashdagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Bosh vazir, shuningdek, ayrim hududlar rahbarlari tomonidan qarzdorlikni kamaytirish o‘rniga oshishiga yo‘l qo‘yib berilganini qattiq tanqid qilgandi.

“Xabar.uz” muxbiriga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev gaz va elektr energiya ta’minotidagi talon-torojliklar haqida axborot bergan.

Bosh prokurorning ma’lum qilishicha, joylarda gaz, elektr energiya ta’minoti masalasida muammo ko‘p. Aholini energoresurslar bilan uzluksiz ta’minlashda turli g‘irromliklar ham to‘siq bo‘lmoqda.

Keyingi bir haftada 41ta holatda 28 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan. Bu borada 240 ta jinoiy ish ochilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан