Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab noqulay ob-havo tufayli qariyb yarim million iste’molchi elektrsiz qoldi
22.01.2021 20:16,  
124

AOKAda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq holatga izoh berildi.

Kecha boshlangan va ayni paytda davom etishi  kuzatilayotgan kuchli shamol, qor bo‘roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida, respublika bo‘yicha, 110 kV kuchlanishli 7 dona havo liniyalarida va 6-10 kV kuchlanishli 476 dona havo liniyalarida uzilishlar vujudga kelgan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida 550.100 iste’molchilar elektr energiyasisiz qolgan.

Tarmoqlarda sodir bo‘ladigan avariyaviy o‘chishlarni tezkor bartaraf etish maqsadida avvaldan hududlarda jami 481 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari, ularga 378 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinalari, maxsus texnikalar hamda rahbar hodimlardan iborat navbatchilik tashkil etilgan bo‘lib, sodir bo‘lgan avariyaviy holatlar  tunu-kun tashkil etilgan navbatchi brigadalar tomonidan texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilib, barcha avariyaviy o‘chgan 110-35 kV kuchlanishli tarmoqlar hamda 247 dona 6-10 kV kuchlanishli liniyalar tarmoqqa qayta ulandi.

Ayni vaqtda iste’molchilarni bosqichma-bosqich tarmoqqa qayta ulash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek,  elektr energiyasiz qolgan 350.200 dan ortiq yoki deyarli 60 foizi qayta tarmoqqa ulanishi ta’minlandi.

Hozirda respublika bo‘yicha 6-10 kV kuchlanishli 229 dona havo liniyalarda uzilishlar mavjud bo‘lib, ushbu vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari”ning tizim korxonalari xodimlari tomonidan tunu kun ta’mirlash-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

 Avariyaviy holatlarni bartaraf etish maqsadida hududiy korxonalarda 395 dona tarmoq transformatorlar, 191,8 tonna transformator moyi, 947 dona tayanchlar, 53,9 tonna turli o‘lchamdagi sim, 41,5 kilometr kabel mahsulotlari hamda 638 dona kabel muftalaridan iborat zaxira yaratildi. Mazkur tezkor brigadalar aloqa vositilari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

 “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bunday noqulay ob-havo sharoiti ayrim hududlarda bugun ham davom etishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlardan ogohlantiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан