Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston COVID-19 aniqlangan chet elliklarni kiritmaydi
23.07.2021 13:40,  
79

Respublika maxsus komissiyasining 17 iyuldagi tegishli bayoni bilan O‘zbekiston chegaralarida COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida qator choralar belgilandi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov bu haqda ma’lumot berdi.  

Ma’lum qilinishicha, 20 iyuldan O‘zbekiston hududiga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslarni o‘z mablag‘lari hisobidan ekspress-test usulida tahlil topshirtirish, natijasi musbat chiqqan chet el fuqarolarini mamlakat hududiga kiritmaslik joriy qilindi. 

Bunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan, yashayotgan chet el fuqarolari, O‘zbekistonda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mustasno. 

Ushbu kategoriyadagi shaxslar musbat chiqqan taqdirda alohidalanadi.

So‘x tumani, Shohimardon, Cho‘nqara, Toshtepadagi avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari alohida hududlar deb yuritilib, O‘zbekistondan tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari COVID-19’ga qarshi barcha turdagi test tahlillarini topshirishlari talab etilmaydi. Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolari ham test tahlillarini topshirishlari shart emas.

Havo va temir yo‘llari qatnovlari Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 13 martdagi 65-sonli bayoni asosida davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан