Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo‘nab ketdi
1.12.2021 08:47,  
101

Bugun, 1 dekabr kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu haqda ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani bois endi ma’lum amallar uchun cheklovlar bekor bo‘lishi mumkin.

"Ayni kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar",-deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан