Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston fuqarolarini Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga jo‘natishda gumon qilingan shaxs ushlandi
2.12.2020 11:16,  
455

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘zbekiston fuqarolarini yollab, Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga jo‘natishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 1996 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.Hoshimov 2019 yilda Misrda o‘qishi davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. O.Hoshimov u yerga O‘zbekistondan diniy ta’lim olish maqsadida borgan yoshlar orasida o‘zining aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda Suriya davlati hududida faoliyat olib borayotgan «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotining safiga qo‘shilishga da’vat qilib, ularni tashkilotning safiga yuborish bilan shug‘ullanib kelgan.

Ushlangan shaxsning uyali telefoni xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Oliy sudning 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан