Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston harbiylari “ArMI-2020” o‘yinlarida yana bir bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
1.09.2020 15:41,  
184

31 avgust kuni «Forish» tog‘ poligonida “ArMI-2020” VI Xalqaro armiya o‘yinlari «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovining so‘nggi sharti bajarildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.

«Jamoaviy birinchilik» doirasidagi bellashuv xalqaro musobaqaning shu kunga qadar o‘tkazilganlari orasida eng shiddatlisi va tomoshabopi bo‘ldi. Qolgan jamoalarning tayyorgarligini munosib e’tirof etgan holda ta’kidlash joizki, shu kuni ham eng yuqori natija uchun asosiy raqobat mezbonlar va rossiyaliklar orasida kechdi.

Harbiy-tibbiy ko‘pkurash musobaqasi shartiga ko‘ra, ishtirokchilar to‘siqlardan o‘tish, yaradorlarni jangovar texnikadan xavfsiz hududga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yaradorlarni suvli to‘siqdan olib o‘tish va evakuatsiya qilinadigan texnikaga joylashish kabi mashqlarni bajarishdi. «Individual mahorat» bosqichidan farqli ravishda bu yerda jamoa har bir a’zosining roli, salohiyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boisi, mashqlarning ko‘p qismi ishtirokchilar tomonidan parallel ravishda amalga oshirildi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, erkaklar bahslarida O‘zbekiston jamoasi 2572 ball bilan «Jamoaviy birinchilik» bosqichida tengsiz topildi. Asosiy raqobatchilar – rossiyaliklar 1513 ball to‘plab, finishda ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda Belorus jamoasi – 814 ball.

Ayollar orasida ham yurtdoshlarimiz 1642 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi.  Rossiya jamoasida 1452 ball. Belorusiyaliklar 554 ball bilan kuchli uchlikning quyi pog‘onasida.

Navbatdagi shartni ham o‘z foydasiga hal qilgan, ishonchli g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik harbiy tibbiyotchilar 2019 yilda «Forish» tog‘ poligoni ilk bor mezbonlik qilgan «Harbiy-tibbiy estafeta»ning «Jamoaviy birinchilik» bosqichida o‘rnatilgan 07’35,9’’ (erkaklar) va 11’35,6’’ (ayollar) vaqtlik rekordlarni mos ravishda yangiladilar: 6’28,8’’ va 10’09,2’’.

Shu bilan «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Barcha shartlar bo‘yicha to‘plangan umumiy natijaga ko‘ra, 12857 ball bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Rossiyaliklarda 10110 ball va ikkinchi o‘rin.

Belorus jamoasi esa 6585 ball bilan sovrinli o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi – Tojikiston, Vetnam va Falastin. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан