Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston hududiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi
17.09.2020 21:40,  
244

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishi bo‘yicha bundan oldin kiritilgan cheklovlar yumshatilib, 2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi.

Respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishiga ruxsat berilayotganligi munosabati bilan xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi. Shu bilan birga turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib kelish bilan bog‘liq yengilliklar taqdim etilmoqda.

2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi

Avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

Mas’ul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar o‘tkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yo‘l, avtobus qatnovlari) sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

1 oktyabrdan boshlab, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан