Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston hukumati vaksina sotib olishga mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda
7.09.2020 14:54,  
182

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hukumati hozirda koronavirusga qarshi vaksina sotib olishga mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi va hukumat emlash masalasi ustida ishlamoqda.

«Bir qator davlatlar, shu jumladan Xitoy bizga vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etishni taklif qildi. Hozirda hamkasblar sinovlarda ishtirok etish yoki barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng vaksinani sotib olish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishmoqda.

"Shuningdek, biz Rossiya vaksinasini ham o‘rganmoqdamiz. Biz aholini emlash uchun preparatlarni o‘z vaqtida sotib olishga tayyormiz», – dedi u.

Bahodir Yusupaliyevning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya vaksinasi bo‘yicha mutaxassislar va hukumat darajasidagi muhokamalar jarayoni davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан