Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi
18.04.2021 22:59,  
576

O‘zbekiston ilk bor Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan tuziluvchi dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati ma’lum qildi.

Reyting to‘rtta hududdan 17 mingdan ziyod kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan. Ular dunyoning 78 ta mamlakatini 76 xil ko‘rsatkich bo‘yicha baholagan.

O‘zbekiston so‘rov yakunida 100 balldan 3,4 ball to‘plagan va 78 ta davlat ichida 73-o‘rinni egallagan. Reytingdan MDH mamlakatlarining yana 5 davlati — Rossiya (24-o‘rin), Ozarbayjon (66-o‘rin), Ukraina (71-o‘rin), Qozog‘iston (72-o‘rin), Belarus (75-o‘rin) joy olgan.

Eng yaxshi mamlakatlar o‘ntaligiga Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Avstraliya, AQSh, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Niderlandiya kirdi. Kanada turmush darajasi va ijtimoiy maqsadlar ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan.

Ekspertlar mamlakatni odamlar rivojlanishi va o‘sishi mumkin bo‘lgan barqaror, xavfsiz, ochiq, adolatli va teng huquqli jamiyat deb hisoblaydi. Reytingda, shuningdek, ijtimoiy adolat darajasi, irqiy tenglik va o‘z faoliyatini boshlash imkoniyatlari ham hisobga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан