Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga 40000 dollarlik yordam berdi
17.06.2020 21:04,  
141

Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Satibaldi Dauletalin va O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi Nusratulla Pardayev Maqtaaral tumaniga tashrif buyurdi, deya xabar beradi Kazinform.

Bugun ikkala tomonning roziligi bilan Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi (QKUF) va O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi (O‘KUF) O‘zbekistonda Sardoba suv ombori avariyasi tufayli may oyi boshlarida toshqindan zarar ko‘rgan hududlar aholisiga xayriya yordamini ko‘rsatdi.

«Qozoq xalqida ehtiyojmandlarga yordam berish odati azaldan bor. Shuning uchun biz shu yerdamiz. Men Prezidentimizga va Hukumatimizga bunday zarur choralarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqib va amalga oshirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘z navbatida, hamkorimiz - O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan kelishuvga ko‘ra, Maqtaaral tumani aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun 66 million tanga miqdorida yordam berishga qaror qildik. Biz to‘rtta umumta’lim maktablarining interfaol kompyuter sinflarini jihozlar bilan to‘liq ta’minlaymiz», - dedi S.Dauletalin.

«Bugun ertalab bizning «Do‘stlik karvonimiz« qozoq-o‘zbek chegarasini kesib o‘tdi. Biz, Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasi singari, qardosh xalqning ahvoliga befarq bo‘la olmadik va qozoq hamkasblarimizning ofatdan zarar ko‘rganlarga xayriya yordami ko‘rsatish aksiyasiga qo‘shildik», - dedi O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari umumiy ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan 16 million tanga (402 million so‘m) miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatdi.ing 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан