Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash xalqaro dasturiga qo‘shildi
25.08.2020 11:51,  
208

Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha “COVAX” xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

Yana bir yangilik, JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Ma’lum qilinishicha, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo bo‘lgan 53 davlatdan biri bo‘lib, tashkilot bilan ko‘p tomonlama hamkorlik qilib keladi. Tashkilotning 69-sessiyasida uning direktorligiga saylangan doktor Xans Klyuge o‘zining ilk rasmiy xorijiy tashrifini 2020 yil 10 fevral kuni aynan O‘zbekistondan boshlaganini alohida ta’kidlash lozim. 

Shuningdek, 2019 yilning 20 may kuni bo‘lib o‘tgan JSSTning oliy organi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining JSST Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylangan. 

Ushbu keng ko‘lamli hamkorlik ayni vaqtda koronavirusga qarshi kurash masalasini ham qamrab olgan. Hozirda JSST Yevropa mintaqaviy byurosining vaqillari Oleg Storojenko va Tanya Shmid yurtimizda bo‘lib, koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан