Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Renessans TV nodavlat telekanali ishga tushiriladi
1.09.2021 08:49,  
258

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan yana bir yangi telekanal — Renessans TV o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu telekanal 2021 yil 1 sentyabr soat 06:00 dan test rejimida o‘z efirini boshlaydi. Hozircha respublikaning 70 foiz hududini qamrab olishi ko‘zda tutilgan telekanal keyinchalik bosichma-bosqich butun mamlakat bo‘ylab o‘z mediamahsulotlarini taqdim etadi.

«Ayni paytda assotsiatsiyamizga a’zo bo‘lgan 48 teleradiokanalning 13 tasini hududlardagi 13 ta nodavlat telekanal tashkil etadi. Ularning har biri o‘z auditoriyasi, o‘z tarqalish hududiga ega bo‘lgani sababli bir-biri bilan raqobatlashmaydi. Renessans TV’ning asosiy maqsadi ushbu telekanallarni yagona televizon tarmoqqa birlashtirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. O‘z navbatida joylardagi jarayonlarni, voqea-hodisalarni muntazam yoritishda hududiy nodavlat telekanallar ham bizga yaqindan yordam berishadi», — deydi assotsiatsiya direktori o‘rinbosari R.Jabborov.

Xabarda aytilishicha, hududiy nodavlat telekanallarning aksariyati sifatli, litsenziyalangan media-mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega emas. Renessans TV esa O‘zbekiston kinematografiya agentligi, xususiy kinostudiyalar, tegishli tashkilotlar bilan shartnoma asosida turli media-mahsulotlar, filmlar va seriallarni mazkur televizion tarmoq orqali tomoshabinlarga taqdim etadi. Shuningdek, jamiyatdagi dolzarb masalalarning yetakchi ekspertlar, tegishli mutasaddilar, taniqli jurnalist va blogerlar ishtirokidagi muhokamasiga bag‘ishlangan turli formatdagi ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi.

Hozirda telekanalning ijodiy va texnik guruhlari shakllantirilgan, efirga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Test rejimida telekanal xodimlari o‘zbek kinosining nodir durdonalari hamda so‘nggi yillarda yaratilgan badiiy va hujjatli filmlar, mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlarning konsert dasturlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан