Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan ikki mamlakatdan biri bo‘ldi
28.09.2020 09:50,  
33

28-29 sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo‘lib o‘tadi. Unda YuNESKO bosh direktori Odri Azule, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, YuNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.

Tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, «Twitter» ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, «Transparency International» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Shu o‘rinda O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan ikki mamlakatdan biri ekanini ta’kidlash muhim.

Tadbir mavzusi: “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab axborot olish”. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан