Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston qamoqxonalarida namoz o‘qish va ro‘za tutish bo‘yicha cheklovlar bormi?
8.02.2021 10:28,  
315

O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalarida diniy huquq va erkinliklari borasidagi cheklovlar 2016 yildan bekor qilingan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jamshid Sultonov ma’lum qildi.

Jamshid Sultonov, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik:

«O‘zbekiston qamoqxonalarida bugungi kunda din bo‘yicha cheklovlar yo‘q. 2016 yil Shavkat Mirziyoyev Prezident bo‘lganidan keyin jazoni ijro etish muassasalarida namoz o‘qish va ro‘za tutishga ruxsat berilgan. Agar diniy ekstremistik oqimlar yoki diniy tashkilotlar tomonidan konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyat sodir etib, qamalgan mahkumlar nazarda tutilayotgan bo‘lsa, bugungi kunda mahkumlar o‘rtasida hech qanday cheklovlar yo‘q».

Ta’kidlanishicha, jazoni ijro etish muassasalarida faqatgina islom diniga mansub mahkumlar jazoni o‘tamasligini inobatga olib, mahkumlar kun tartibini buzmagan holda bemalol ibodat bilan shug‘ullanishi mumkin.

Jamshid Sultonovning aytishicha, mahkumlarning diniy huquq-erkinliklari bo‘yicha avval bunday taqiqlar bo‘lgan.

«Hozir ochiq va shaffof davrda mahkumlar o‘zi xohlagan dinga e’tiqod qilishi mumkin yoki ularning e’tiqod qilmaslik huquqi ham to‘liq kafolatlangan», – dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан