Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Qirg‘izistonga minglab gektar yer maydonini berishi mumkin
26.03.2021 20:04,  
2930

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvlari natijalarini taqdim etdi. Bu haqda "kg.akipress" xabar berdi. 

Kelishuv shartlariga ko‘ra, Kampirobod suv omborining to‘g‘oni O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tadi. Suv omborining resurslaridan esa birgalikda foydalaniladi.  

Tashiyevning ta’kidlashicha, tomonlar loyiha chizig‘ining Kampir-Obod (Andijon) suv ombori hududida 900 gorizontal ostidan 312-raqamli chegara nuqtasidan 312/3-raqamli chegara nuqtasigacha o‘tishi to‘g‘risida kelishib olishgan. Quyidagi shartlar bajarilsa to‘g‘on O‘zbekiston hududida qoladi:

  • Kampir-Obod suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida hukumatlararo kelishuvni imzolash. Bunda, uni 900 gorizontaldan yuqoriga to‘ldirmaslik kerak bo‘ladi, favqulodda vaziyat bundan istisno;
  • O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston fuqarolarini suvdan erkin va to‘siqlarsiz foydalanishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Bunga baliqchilik, sug‘orish, hayvonlarga suv berish va boshqalar kiradi;
  • O‘zbekiston tomoni suv ombori «piyolasi»ning atrofida muhandislik-texnik qurilmalarni o‘rnatmaslik majburiyatini oladi.

Qamchibek Tashiyevning ma’lum qilishicha, demarkatsiya jarayonida O‘zbekiston Andijon viloyatining O‘sh viloyati Uzgen tumani va Jalol-Obod viloyatining So‘zak tumanlari bilan chegaradosh hududdagi 304 va 312-raqamli chegara nuqtalari oralig‘idagi 1000 ga yerni tovon sifatida Qirg‘izistonga topshiradi.

Shu munosabat bilan, tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston suv xo‘jaligi tashkilotlariga Kampir-Obod suv omborining suv resurslaridan birgalikda foydalanish va boshqarish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv loyihasini ishlab chiqish topshirig‘ini berishdi.

Shuningdek, tomonlar Shaxrixonsoy kanalining hududlarini (chap tomoni), 312 va 312/3 chegara nuqtalari hududidagi Andijon suv ombori to‘g‘onini, kanaldan to‘g‘on o‘rtasigacha, O‘zbekistonga 50 ga yerni qoldirib, xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishgan.

O‘zbekiston tomoni demarkatsiya jarayoni davomida Andijon viloyati va O‘sh viloyati Uzgen tumani bilan chegaradosh hududda 304 va 312-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 50 ga yerni Qirg‘izistonga tovon sifatida topshiradi.

O‘rta-To‘qay (Kosonsoy) suv ombori qurilishi uchun ajratilgan yerlarning tovoni sifatida Ko‘k-Serek (Qoraqo‘rg‘on) hududi xatlovdan o‘tkaziladi, bunda 23 va 24-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 105 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi.

Ikki mamlakat quyidagi hududlarni ham xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi:

  • Bayastan hududi, 81 va 82-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 212 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • Savay hududi, 312/4 va 312/6-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 100 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • Unkar-Too hududi, 113 va 114-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 35 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • demarkatsiya vaqtida Beles hududi qayta xatlovdan o‘tkaziladi, 25 va 27-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 25 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • qo‘shma dala tadqiqotlaridan so‘ng Gavasoy hududi xatlovdan o‘tkaziladi, bunda Kampir-Obod kanalining qurilmagan chap sohili evaziga Qirg‘izistonga 8000ga yer qoldiriladi.

Bundan tashqari, tomonlar Chashma bulog‘ikdan birgalikda foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv loyihasini tayyorlashadi. Tomonlar ishchi guruhlarga qo‘shma dala tadqiqotlarini o‘tkazshini va yuqorida keltirilgan hududlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha taklif tayyorlash uchun topshiriq berishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан