Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston rasmiylari: benzin sifatli, muammo uni sotayotgan mahalliy tadbirkorlarda
27.04.2021 08:39,  
213

O‘zbekistondagi ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan olingan avtobenzinlar davlat standart ko‘rsatkichlariga mos kelmayotgani aniqlandi, deb xabar beradi «O‘zneftgazinspeksiyasi» matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, import asosida kirib kelayotgan mahsulotlar xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lib, davlat chegaralaridan olib kirishda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarning xulosalarini taqdim etilishi talab etiladi. «Import avtobenzinlarni sifatini buzilish holatlari ba’zi nopok tadbirkorlar tomonidan respublika hududida amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, «O‘zneftgazinspeksiya» nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari sifatining nazorati va tahlil qilish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2021 yilning o‘tgan davrida faoliyat ko‘rsatayotgan 1286 ta xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda neft mahsulotlarini savdosi bilan shug‘ullanadigan 61 ta yirik korxonalar nazorat qilib kelinmoqda.

«Mazkur davr mobaynida 1608 ta holatda (22 668 tonna) neft mahsulotlaridan namunalar olinib, sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinganida 94 ta holatda (745 tonna) neft mahsulotlari sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, import asosida olib kelingan 44 855 tonna neft mahsulotlaridan namunalar olinib laboratoriya sharoitida sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinganida, mahsulotlar sifatli deb topilib tegishli xulosalar berilgan», — deya qayd etiladi xabarda.

Qayd etilishicha, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 5-6 ta AYoQShdan xarid qilib olingan avtobenzin yoqilg‘isi sifat ko‘rsatkichi belgilangan me’yor talablariga muvofiq emasligi, butun respublikadagi avtobenzin yoqilg‘ilarini sifatsiz ekanligidan dalolat bermaydi va bu bilan umumiy xulosa qilish noto‘g‘ri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан