Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Respubikasi Moliya vazirligi Ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon qayta ochilishini ma’lum qildi
7.02.2022 12:20,  
207

«O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Vazirlikning matbuot xizmati xabar berishicha, 2022 yilning 1 choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln. AQSh doll. miqdorida qayta moliyalashtiriladi.

Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qo‘shimcha mablag‘lar jalb etilishi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda va 2022 yilning ikkinchi yarim yilligida o‘zlashtirilishini boshlanishi kutilmoqda.

Ayni paytda joriy yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda.

Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan resurs talablari asosida ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 2021 yilda 1,9 trln. so‘m ipoteka kreditlari ajratildi, 2022 yil davomida 2,0 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi doirasida tijorat banklarini resurslar bilan barqaror ta’minlash maqsadida sekyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar muomalasi amalga oshirilishini huquqiy asoslari yaratilmoqda.

2023 yildan boshlab Kompaniya tomonidan ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi rejalashtirilgan va mazkur mablag‘lar hisobidan Kompaniya faoliyati yanada rivojlanadi.

Shu bilan birga, joriy etilgan yangi tartib doirasida Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun muntazam ravishda resurslar ajratib kelinmoqda.

Moliya vazirligi resurslari hisobidan birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun 2021 yilda 5,0 trln. so‘m ajratildi, 2022 yilda aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 12,8 trln. so‘m resurslar ajratilishi nazarda tutilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан