Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Rossiyani Qozog‘iston avtomobil bozoridan siqib chiqarmoqda
26.06.2021 15:29,  
671

"O‘zavtosanoat" Qozog‘iston bozoridagi mavqeini tobora mustahkamlamoqda. Joriy yilning 5 oyi davomida 11,7 ming dona avtomobil sotildi, bu savdo hajmi qariyb 4,5 baravarga o‘sganligini ko‘rsatmoqda.

O‘z navbatida, xuddi shu davrda Rossiyaning Lada avtomobili 2,5 mingdan bir oz ko‘proq sotildi, bu 2020 yilga nisbatan 52 foizga past.

Rossiyaning avtomobil giganti ayni paytda bozorning beshta yetakchisi ichida so‘nggi qatorni egallab turipti (o‘tgan yili u 1-o‘rinni egallagan), "O‘zavtosanoat" tomonidan yetkazib beriladigan Chevrolet esa birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Qozog‘istonliklar orasida eng mashhuri Chevrolet Cobalt, ikkinchi o‘rinda Chevrolet Nexia, uchinchida esa Hyundai Accent.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан