Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” — Londonda O‘zbekiston haqida kitob chop etildi
12.03.2020 20:32,  
85

Bugun, 12 mart kuni Londonda O‘zbekiston madaniy va tabiiy merosiga bagʻishlangan “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kitob mahalliy Assouline Publishing nashriyoti hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda loyihasi hisoblanadi.

Kitob muallifi — nashriyot asoschisi Yaffa Assulin. Suratlar dunyoga mashhur fotorassom Laziz Hamaniy tomonidan olingan.

Yaffa tarixni o‘rganish va ko‘pchilikning ko‘zi oldida yashirin bo‘lgan tafsilotlarni topish uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan. Fotograf Laziz Hamaniy bilan birgalikda ular ochiq osmon ostidagi muzeylarga o‘xshagan qishloqlarni ziyorat qilishdi, Buyuk Ipak yo‘li shaharlari va Buyuk Aleksandr Makedonskiyning ekspeditsiyasi joylarini kezib chiqishdi, ammo bularning barchasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish kerakligini tushunishdi. Shuning uchun kitob mamlakat haqida hikoya emas, balki sayohat uchun taklifnomadir.

O‘zbekiston sayyoramizdagi tasavvurlar haqiqatga to‘g‘ri keladigan joylardan biridir. Mamlakat beqiyos manzaralari va unutilmas an’analariga ega. Oltin saroylar va ajoyib yodgorliklar bilan bezatilgan mintaqaning me’moriy landshaftlari shu qadar tafsilotlarga boyki, ba’zida bu inshootlar osmonning o‘zini aks ettirganday tuyuladi ”, — deb yozilgan kitob muqaddimasida.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, kitob 20 mamlakatda sotuvga chiqariladi.

Aprel oyida kitob taqdimoti uning muallifi Yaffa Assaulin hamda fotorassom Laziz Hamaniy ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан