Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekiston temir yo‘llari" Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar haqida ma’lum qildi
4.03.2021 10:17,  
281

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-6122-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari tarifiga kiritilgan chegirmalar borligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning 20-22 mart kunlarida quyidagi bayram chegirmalar mavjud:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%; 

 - Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15%; 

 -  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;  

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida)  – 15%; 

- «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga - 10%.

IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан