Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va AQSh inqirozga qarshi qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazdi
5.03.2020 10:10,  
182

Shu yil 24 fevraldan 2 martga qadar Milliy gvardiya O‘zbekistonning boshqa xavfsizlik kuchlari hamkorligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va o‘zaro muvofiqlikni oshirish maqsadida inqirozga qarshi qo‘shma mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda AQSh elchixonasi xabar berdi.

O‘zbek va amerikalik harbiy xizmatchilar dala-o‘quv poligonlari va O‘zbekiston hukumati ruxsat bergan  boshqa ob’yektlarda “Yengilmas soqchi - 2020” nomli o‘quv mashqlarida ishtirok etdi. Ayrim amerikalik harbiylar Florida shtati Tampa shahridagi “MakDill” avibazasida masofadan turib  ushbu mashg‘ulotlarda qatnashdi.

“O‘zbekiston bilan harbiy hamkorligimiz o‘zaro hurmat va mushtarak manfaatlarga asoslangandir”, - dedi elchi Daniel Rozenblyum. “Yengilmas soqchi” mashqlari kabi o‘quv dasturlari va qo‘shma javob mashqlari bizning O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi  hamkorligimiz chuqur va kengligini ko‘rsatadi”.

“Yengilmas soqchi” harbiy mashqlari har ikki mamlakat xavfsizlik kuchlari uchun notanish muammolarga duch kelganda  tezkorlikni oshirish  va harbiylarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga imkon berdi. “Yengilmas soqchi” kabi  qo‘shma harbiy mashg‘ulot zarur bo‘lganda birgalikda harakat qilish  uchun hamkor davlat harbiy xizmatchilarini  tayyorlashda ajoyib usul hisoblanadi. Amerikalik harbiylar AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi mas’ul bo‘lgan hududlarda hamkor davlatlar bilan har yili 80 dan ortiq mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан