Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Rossiyalik olimlar koronavirusni yo‘q qilish yo‘lini topishgani rostmi?
11.01.2021 18:37,  
745

Rossiya va O‘zbekistonlik olimlar guruhi nurlanishning past dozalari (masalan, rentgen nurlari) koronavirusni yo‘q qilishi mumkinligini aniqladi. Mutaxassislar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda va dezinfeksiya paytida nurlanishdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqmoqda.
Yangi koronavirusga radiasion ta’sirni o‘rganish Ural Federal universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tadqiqot 2020 yil aprel oyida professor Boris Oksengendler boshchiligidagi o‘zbekistonlik bir guruh olimlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya bilan boshlangan.Hozirgi vaqtda birgalikdagi tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen nurlari va hatto ultrabinafsha nurlanishining koronavirusga ta’sirining bir nechta tafsilotlari aniqlangan.

Mutaxassislar nurlanishni nafaqat odamni davolash va kasalliklarning oldini olish uchun, balki buyumlar, mahsulotlar hamda binolarni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatishni taklif qiladi. Ayni paytda Rossiya Federasiyasi va O‘zbekiston olimlarining qo‘shma guruhi davolash usulini ishlab chiqmoqda"-deb yozmoqda Qalampir.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан