Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari «Vahdati millat» bog‘iga tashrif buyurdi
11.06.2021 17:50,  
269

Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon So‘g‘d viloyati G‘afurov tumanidagi «Vahdati millat» bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, So‘g‘d viloyati Sirdaryo bo‘yida joylashgan bo‘lib, bu yerda meva-sabzavotchilik rivojlangan. Tojikistonda yetishtiriladigan jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qariyb 43 foizi So‘g‘d viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. «Vahdati millat» bog‘i 2008 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 700 gektar bo‘lib, shundan 500 gektarida mevali daraxtlar o‘tqazilgan. Bog‘ hududida qariyb 300 tonna sig‘imli sovutish ombori ham bor. 2018 yildan boshlab bu yerda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda to‘rtta havzada oq amur, xumbosh va sazan kabi baliq turlari yetishtirilmoqda.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Uchrashuvlar chog‘ida bu borada ko‘plab shartnomalar imzolangan. Shavkat Mirziyoyevning bu galgi tashrifi chog‘ida ham qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilindi.

Prezidentlar bog‘da tashkil etilgan Tojikiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishgan. Meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib berish, saqlash va eksport qilish bo‘yicha soha mutasaddilariga ko‘rsatmalar berilgan.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi yakunlangan. Xo‘jand xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kuzatgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан