Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston vakili 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
1.11.2021 17:56,  
69

Chang‘i sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda  Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo« AA muxbiri.

Chang‘i sporti federatsiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichi  ushbu sportning «slalom» va «gigant slalom» yo‘nalishlarida saralash bahslaridagi chiqishlar doirasida ochkolar bo‘yicha belgilangan me’yorlarni bajardi.

O‘zbekiston Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, tog‘ chang‘isi bo‘yicha faqat 2 kvota (1 ayol, 1 erkak) talab qilishi mumkin.

Saralash davri 2019 yil 1 iyuldan boshlangan. Uning yakunigacha, ya’ni 2022 yil 16 yanvariga qadar mamlakatimiz qishki Olimpiya o‘yinlariga navbatdagi yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.

Federatsiya xabarida aytilishicha,  O‘zbekiston chang‘i sportining boshqa turlari — snoubord, fristayl, ski-kros, chang‘i yugurish turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022 yilning 8−20 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан