Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yubormoqda
12.02.2020 10:05,  
540

Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Prezident farmoyishi (F-5543-son, 11.02.2020 y.) qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- yuz uchun filtrlovchi niqob;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi respublika to‘qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан