Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda
30.06.2021 21:01,  
184

2019 yilda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlarida ushbu ko‘rsatkich pastroq — Tojikistonda 40,76 foiz, Qozog‘istonda 36,65 foiz va Qirg‘izistonda 30,53 foizga yetgan, deb xabar berdi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati.

Yashirin iqtisodiyotning ulushi jahon mamlakatlari, jumladan, AQShda 8,0%, Kanadada 11,0%, Germaniyada 10,2%, Buyuk Britaniyada 9,6%, Avstraliyada 9,0%, Singapurda 8,6% va Yaponiyada 8,1%ni tashkil qildi.

Qolaversa, 2018 yilning 12 yanvarida O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YaIMning 50 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etishi aytilgandi.

2020 yilning 9 sentyabrida DSQ O‘zbekistonda 245 trln so‘m mablag‘ soya ostida ekanligini, yashirin iqtisodiyotning ulushi esa tahminan 48 foizga to‘g‘ri kelishini xabar qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан