25 mart kuni mobaynida Respublimiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari hamda IIBB PPX xodimlari tomonidan 325 ta karantin qoidalarini buzish holati aniqlanib, tartibbuzarlar Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalariga yetkazildi. Bu haqda Milliy Gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Birgina Toshkent shahrining o‘zida 101 holat (jamoat joyida niqobsiz yurish 66 ta, uy karantini tartibini buzish 35 ta) qayd etildi.
“Hurmatli yurtdoshlar, karantin qoidalariga so‘zsiz amal qilishingiz, avvalo o‘zingiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘i kafolatidir”, deyiladi xabarda.