Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 10 maydan ko‘p yurganlarga qancha pul to‘lanishi aytildi
30.04.2021 18:33,  
1264

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ishlab chiqilgan «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi orqali 10 maydan boshlab ko‘p yurganlarga pul to‘lanishi belgilandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur platforma 10 maydan test rejimida, 1 iyundan boshlab to‘liq ishga tushiriladi. Platforma nazorati Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan olib boriladi.

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — platforma doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishi, shuningdek, uning doimiy texnik qo‘llab-quvvatlanishi;
  • Moliya vazirligi — fuqarolarning platformadagi elektron hamyoniga o‘tkazilishi bilan bog‘liq to‘lovlarning moliyalashtirilishi;
  • Turizm va sport vazirligi — platformadan foydalanish shartlarini buzgan fuqarolarning ishtirokiga cheklovlar o‘rnatish, shuningdek, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligi ta’minlanishi;
  • Sog‘likni saklash vazirligi — platformada foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan taomlar kilokaloriyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil 1 martga qadar «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi ishlab chiqilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra,

  • O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan;
  • har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан