Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 6 soat ichida 165 kishida koronavirus aniqlandi
16.06.2020 23:56,  
799

2020 yil 16 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5493 (+165) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 104 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun mamlakatimizda 230 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 196 nafari Karantin muassasalarida, 20 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida hamda 1 nafari Namangan viloyatida), qolgan 14 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Bugun sog‘aygan 77 nafar fuqaroning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5493 nafar bemordan 4096 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 74 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1378 nafar bemordan 13 nafari og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 29 378 nafar, statsionar karantinda esa 21 365 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан