Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana oshdi
25.01.2021 22:11,  
3310

«O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ga o‘tgan hafta 30 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 6 520,5 tonnasi, ya’ni 21,4% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 22 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning boshlang‘ich narxi ko‘tarilganligi sababli uning o‘rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 5 763,0 ming so‘mdan 5 822,5 ming so‘mgacha yoki 1,0% ga o‘sdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 767,9 ming so‘mni, AI-91 – 6 958,2 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан