Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda AKT bo‘yicha texnikumlar tashkil etiladi
9.11.2020 09:09,  
185

Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun texnikumlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlaydigan texnikumlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar texnikumlarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan ta’lim standartlari doirasida o‘qitish;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid mutaxassislik bo‘yicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida o‘quvchilarning kasbiy layoqat, ko‘nikma va malakalarini oshirish;
  • mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
  • o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmat, vatan bilan g‘ururlanish va iftixor tuyg‘usini shakllantirish;
  • o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
  • ta’lim standartlari talablariga ko‘ra o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar ongiga singdirish;
  • ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.

Belgilab qo‘yilishicha, texnikumlarning faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Texnikumlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoraviy bo‘ysunuvida bo‘ladi.

Texnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан