Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etiladi
11.12.2019 12:45,  
5103

“O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–5890-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasi sifatini rivojlantirish va yaxshilashda, mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqlari hamda javobgarligini yanada kengaytirish maqsadida bir qator tartiblar joriy etiladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘im joriy etishga haqli;

Tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etishga haqli.

Ko‘rsatib o‘tilgan yig‘imlar keng jamoatchilik muhokamalari asosida, muayyan ma’muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан