Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishning oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi
5.08.2020 13:04,  
172

O‘zbek to‘qimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfining oldini oladi va hozirda amalda keng qo‘llanila boshlandi.

Loyiha tashabbuskori «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi "Cotton Road" qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi «HeiQ Viroblock» innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakteriyal texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlash tizimidir.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bog‘laydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yo‘q qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilayotgan himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Ushbu innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Mavjud amaliyot shuni ko‘rsatdiki, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

– Havoni yaxshi o‘tkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqcha issiqlikni olib tashlashni ta’minlab, uzoq muddatli qulay ishlashni ta’minlaydi.

– Qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni ta’minlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori.

– Mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан