Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bu haftada qanaqa ob-havo kuzatiladi?
8.06.2020 16:01,  
211

Dushanba, 8 iyun kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida oz muddat davomida yomg‘ir va bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar beradi Uzgidromet matbuot xizmati. Respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.

Havo harorati +28…+33 gradus oralig‘ida bo‘ladi. Bu esa o‘rtacha haroratdan 2−3 daraja pastroqdir. Vaqti-vaqti bilan shamol tezligi sekundiga 18−23 metrgacha kuchayishi mumkin.

9−10 iyun kunlari respublika bo‘ylab ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda yomg‘ir va kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Tun vaqtiga kelib +15…+20 daraja atrofida qulay harorat bo‘lishi, kunduzi esa harorat +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Kunlar davomida shamolli ob-havo saqlanib turadi va ayrim tumanlarda shamol tezligi soniyasiga 18−23 metrgacha kuchayishi mumkin.

Keyinchalik hafta oxirigacha quruq ob-havo bo‘lishi kutiladi va faqat tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati yana ko‘tarilishni boshlaydi. Juma kuniga kelib harorat +34…+37 darajagacha ko‘tariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан