Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Damas sotib olish uchun navbatda turganlar soni aytildi
14.11.2021 17:53,  
440

O‘zbekistonda Damas sotib olish uchun katta navbat yuzaga keldi. Spot’ning UzAvto Savdo bot ma’lumotlariga tayanib yozishicha, ayni paytda 26 650 kishi ushbu mashina yetkazib berilishini kutmoqda.

Boshqa modellar uchun navbatlar ham o‘sib bormoqda. Xabar e’lon qilingan vaqtda Cobalt uchun navbatda turganlar 16 296 nafarga, Lacetti’ga navbatda turganlar esa 38 028 nafarga yetdi. Spark’ni kutayotgan xaridorlar soni 2862 nafarga yetgan bo‘lsa, Nexia-3 ni 2367 kishi kutmoqda.

Hozirda sotuvda faqat premium-klassdagi modellar mavjud. Eng ko‘pi Malibu-2 — 159 dona. Shuningdek, 146 dona Trailblazer va 51 dona Equinox bor.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda UzAuto Motors’ning aksariyat modellarini ishlab chiqarish qisqargan. 2021 yilning 9 oyida chiqarilgan Nexia avtomobillari shu davrga nisbatan 3,2 barobar, Spark 2,9 barobar kamaygan.

Cobalt va Lacetti-Gentra ishlab chiqarish 4 baravar qisqardi. Xususan, 2021 yilning avgust oyida atigi 2 ta Lacetti konveyerdan chiqdi. Kompaniya buni yangi ishlab chiqarish platformasini ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilishi bilan izohladi.

Yaqin vaqtgacha Damas tanqis bo‘lmagan yagona asosiy model edi, qolaversa, ishlab chiqarilgan Damas va Labo‘lar soni ortdi. Ammo hozir unga ham navbatlar yuzaga keldi.

Oktyabr oyi oxirlarida kompaniya Labo va Lacetti avtomobillarini oktyabr—noyabr oylarida kutilayotgan xaridorlarga yetkazib berish muddati 2 oyga uzaytirilishini ma’lum qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан