Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlarga energiya iste’moli ortgani sabab qilib ko‘rsatildi
20.11.2020 21:55,  
188

Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning asosiy sababi havoning sovib ketishi natijasida elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ekanligini ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon beradi.

«Buning sababi shundaki, har qanday energiya tizimida uning barqaror ishlashi uchun har qanday vaqtda (millisekund) iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi energiya muvozanati (balansi) ta’minlanishi muhim. Ushbu jarayon iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli va uzluksiz yetkazib berish va energiya tizimining muammosiz ishlashini ta’minlash nuqtai nazaridan juda muhimdir», — deyiladi xabarda.

«Energiya balansini ta’minlash mumkin bo‘lmagan holatlarda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik boshqarmasi iste’molchilarning bir qismini reja jadvaliga muvofiq cheklovlar o‘rnatishga majbur bo‘ladi. Ushbu grafiklar qoida tariqasida past kuchlanishli (0,4 kV, 6-10 kV) taqsimlash elektr tarmoqlarini o‘z ichiga oladi», — deya tushuntirgan Energetika vazirligi.

Ta’kidlanishicha, bu harakatlar mamlakat energetika tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan. Bu esa elektr energiyasini kecha-yu kunduz muntazam ravishda monitoring qilib borish va dispetcher nazoratining o‘z vaqtida javob berish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан