Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda endi mulkdordan yerni noqonuniy olib qo‘ygan mansabdorlar 8 yilgacha qamalishi mumkin
16.01.2021 08:56,  
232

Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni «Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yerni noqonuniy olib qo‘yish mansabdor shaxslarga BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (22,3 million so‘mdan 33,4 million so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar mazkur huquqbuzarlik mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda binolarning buzib tashlanishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (33,4 million so‘mdan 44,6 million so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran yerlarni noqonuniy olib qo‘ygan mansabdor shaxslarga quyidagi jazo choralarini belgilovchi qo‘shimcha kiritildi:

  • BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha (44 million 600 ming so‘mdan 55 million 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima;
  • 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Mazkur jinoyat mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda binolarning buzib tashlanishiga olib kelsa yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa mansabdor shaxs 3 yilgacha, ko‘p miqdorda zarar keltirsa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Yerni noqonuniy olib qo‘yish mulkdorga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazsa yoki ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda sodir etilsa, muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан