Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda internet tezligi oshishi kutilmoqda
18.06.2021 20:57,  
189

O‘zbektelekom bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zufarov ishtirokida O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida O‘zbektelekom AK brifingi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanligini samarali zaxiralash maqsadida, O‘zbektelekom AK modernizatsiya ishlarini olib bormoqda va ushbu ishlar doirasida mavjud 1 200 Gbit/s tezlik 3 200 Gbit/s gacha oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda zarur uskunalar olib kelingan va joriy yilning 3-choragi oxiriga qadar montaj va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, brifingda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish haqida ham so‘z yuritilgan.

Unga ko‘ra, aholiga simli keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish maqsadida 2021 O‘zbektelekom AK tomonidan qo‘shimcha ravishda yana 1 milliondan ko‘proq port o‘rnatib, ularning umumiy soni 3,3 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shu tarzda butun mamlakat bo‘ylab yanada ko‘proq aholi uchun yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish ulanish imkoniyati yaratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан