Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ishga joylashishda diplomdan ko‘ra malaka muhimroq bo‘ladi
9.01.2021 12:28,  
360

O‘zbekistonda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori takomillashtiriladi. Bu haqda «Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilandi.

Jumladan, ta’limning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar bekor qilinadi. Uning o‘rniga har bir lavozim va kasb bo‘yicha malaka doirasiga muvofiq malaka darajasiga talablar kiritiladi. Ushbu talablar tegishli lavozim (kasb)ning malaka darajasidan kelib chiqqan holda ish beruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi.

2021 yil 1 aprelgacha «profstandart.uz» kasbiy standartlarning yagona ochiq portali ishlab chiqiladi.

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi to‘lanishi mumkin.

Qarorga ko‘ra, Prezident va Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘lgan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi.

Shuningdek, qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан