Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi
6.03.2021 10:36,  
433

Bugun tunda O‘zbekiston hududida ketma-ket ikki yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan 02:52 da (05.03.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 21:52 da) poytaxt yaqinida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,5 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 48 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent: 48 km, 4 ball.
Namangan: 183 km, 2 ball.
Guliston: 75 km, 3 ball.
Jizzax: 164 km, 2 ball.
Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 06:04 da (06.03.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 01:04 da) O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 71,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 13 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 252 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Namangan: 86 km, 2 ball.
Andijon: 72 km, 2 ball.
Farg‘ona: 18 km, 4 ball.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан